Uy va ofisda foydalanish talqini Windows'ning barcha talqinida ishlaydi, XP'dan Windows 10'gacha
Android uchun sirli kuzatuv dasturi. Root-huquqi talab etilmaydi. Smartfon va planshetlarda ishlaydi. Foydalanish qo'llanmasi bilan yuklab olish sahifasida tanishib chiqing
Remote Desktop masofaviy aloqa seanslarini nazorat qiluvchi server uchun mo'ljallangan talqin.
Dasturning oson o'rnatilishi va tushunarli interfeysi undan tajribasiz foydalanuvchilar ham bemalol foydalana olishini ta'minlaydi. NeoSpy o'rnatilganidan so'ng u sirli ravishda ishlaydi, vazifalar paneli, fayllar ichida hamda topshiriqlar dispetcherida umuman ko'rinmaydi. Hattoki dasturning bepul talqini ham kompyuterda borligini umuman sezdirmay, sotib olish oynasini ham umuman chiqarmaydi. Siz dasturning sinov talqinini istagan vaqtgacha ishlatib ko'rib, keyin litsenziya sotib olishingiz mumkin.
NeoSpy Mobile - bu Android uchun eng oddiy va kuchli sirli kuzatish dasturi. NeoSpy o'rnatilganidan so'ng, dasturlar ro'yxatida ko'rinmaydi va hattoki bepul talqinida ham undan hech qanday bildirishnomalar kelmaydi. Dasturni o'rnatish uchun hech qanday root-huquq talab etilmaydi, shuning uchun telefon dasturiy ta'minotiga zarar yetmaydi. Dastur farzandlar ustidan ota-onalar nazoratini o'rnatish, sirli ravishda joylashuvni kuzatish hamda qo'ng'iroqlarni yozish amallarini bajaradi. Kuzatish uchun dastur internet orqali ishlaydi va unga oylik yoki yillik pul to'lanadi.
Litsenziya NeoSpy dasturi yordamida saqlangan hisobotlarni kompyuter yoki noutbukda ko'rish uchun zarur. Litsenziyani sotib olganingizdan keyin, dasturdan kompyuter yoki tarmoqdagi kompyuter yordamida foydalanishingiz mumkin bo'ladi. Hech qanday qo'shimcha to'lovlar mavjud emas. Hisobotlarni elektron pochta yoki FTP-serverga yuborish imkoniyatini yoqib qo'yshingiz mumkin. Hisobotlarda matnli ma'lumotlar (foydalanilgan dasturlar, klaviatura va boshqalar), ekran skrinshotlari va veb-kamera yozuvlari keltirib o'tiladi. Litsenziyani faqatgina Windows uchun NeoSpy dasturiga sotib olishingiz mumkin. Smartfonlar uchun mo'ljallangan talqinidan esa onlayn tarif yordamida foydalanishingiz mumkin.
Bu sizning NeoSpy serveridagi shaxsiy akkauntingiz. Agarda dastur akkauntingizga ulangan bo'lsa, siz istalgan vaqt foydalanuvchining jonli ekrani va kompyuterdagi avval bajarilgan ishlari yozuvini ko'rishingiz mumkin bo'ladi. Veb-kameraga ulanish mumkin bo'ladi. Onlayn akkaunt yordamida ishlash uchun sizda istalgan tarifga pul to'langan bo'lishi zarur. Agarda hozir sizga internet orqali kuzatish zarur bo'lmasa, bu imkoniyat kerak bo'lguniga qadar tariflarga pul to'lashingiz shart emas. Onlayn akkauntga kompyuterdagi hisobotlarni ham yuklashingiz mumkin, buning uchun serverimizda sizga bir necha gigabayt joy tayyorlab beramiz, chunki hisobotlarda ko'p miqdorda skrinshotlar va veb-kamera yozuvlari bo'ladi. Agarda siz tarifga pul to'lashni unutsangiz yoki vaqtincha pul to'lashni istamasangiz bu o'rnatilgan dasturga ta'sir o'tkazmaydi, u o'chib ketmaydi va ishlamayotganligi haqida hech qanday xabar bermaydi. Tarifga to'lov qilishingiz bilanoq, dastur yana ishlashni boshlaydi. NeoSpy dasturini telefonda foydalanish uchun sizga onlayn tarif kerak bo'ladi. akkauntingizni ro'yxatdan o'tkazgan vaqtingizda uni sinab ko'rish uchun bir necha kunlik bepul foydalanish imkoniyati taqdim etiladi.
Yo'q, agarda siz kuzatilayotgan kompyuterga kirish huquqingiz bo'lsa, undagi hisobotlarni o'zingiz shu kompyuterda ko'rishingiz mumkin va onlayn tarif sotib olishingiz shart emas. Shuningdek, litsenziya sotib olmasdan dasturga o'z akkauntingizni biriktirgan holda, uni internet orqali ishlatishingiz, ekranni jonli ko'rishingiz va foydalanuvchi harakatlarini nazorat qilishingiz mumkin. NeoSpy to'liq dastur sifatida ishlayveradi, lekin u litsenziyasi kuzatilayotgan kompyuterda hech qanday hisobotlarni saqlamaydi.
Onlayn akkaunt uchun faqat shaxsan o'zingiz to'lovni amalga oshirishingiz kerak. Sizning ishtirokingizsiz hech qanday pul yechib olinmaydi.
Dastur uchun rahmat. Dastur yordamida ayolimni barcha ishi fosh bo'ldi. End men ajrashmoqchiman. Shirin yolg'ondan achhiq haqiqat yaxshi! Dasturni tanishlarimga ham tavsiya qilaman. Yana bir bor rahmat.
Foydalanuvchilarni kuzatish uchun eng yaxshi dastur, doimiy yangilanishlar dasturga yangidan yangi imkoniyatlar qo'shishda davom etmoqda. Dasturdan foydalanishda qiyinchilikka uchraganimda Texnik yordam xizmati doimo yordam berib kelmoqda. Eng asosiysi, dasturga yangilik kiritish haqidagi takliflarim inobatga olinmoqda. Fikrni to'liq o'qish
Dasturni barchaga tavsiya qilaman, bunday dastur tuzuvchilariga qoyil qoldim !!! savollarimga juda ham tez javob olmoqdaman!!!! ajoyib yordam!!!! dasturdan ko'nglim to'ldi!!!!!
Dastur ajoyib. O'rnatish va foydalanish juda oddiy. Kuzatayotgan raqamga ovozli va matnli suhbatlar yuborilib turganda nur ustiga a'lo nur bo'lar edi! Men ko'rgan dasturlarim ichida eng yaxshisi
Ajoyib dastur!!! qiziquvchilar uchun juda ham qimmat emas, asosiysi kuzatish uchun barcha imkoniyat mavjud. Rahmat!
super dastur uchun katta rahmat aytaman iPhone uchun ham kutib qolaman!
Barakalla!!!!! Ba'zida foydalanuvchilarni qilayotgan ishlarini isbotlash kerak bo'ladi. Ish joylarini har ehtimolga qarshi nazoratga olish yaxshi usul. Ularning nima qilayotganiga qiziqish emas isbotlash uchun zo'r. Keyin bunday savollar kelib chiqmaydi: "Men hech narsa qilmadim-ku.": Firkni to'liq o'qish
NeoSpy dasturidan bir yildan beri foydalanaman. 2 ta kalit sotib olganman. Dastur yaxshi ishlamoqda. Doimiy yangilanishda. Mening ishlarimni bajarishda juda katta yordam bermoqda. Meni ko'nglim to'ldi. Sarf qilgan pulimga roziman. To'g'ri ba'zida hisobotlarni yuborishda muammolar bo'lmoqda, o'ylaymanki bu kelajakda to'g'rilanadi.
dastur aynan smartfonlar uchun (agar gap telefonlar haqida ketayotgan bo'lsa). tugmachali telefonlarda umuman ishlamaydi. vayber va vatsapni nazorat qilish uchun ularni klonini noutbukka o'rnating, yoki bo'lmasa : yangi "kuchli" telefon oling. Hech kimda muammo bo'lmasin.
Uyda o'tirib farzandimni qayerdaligini tekshirdim 1 km uzoqda ko'rsatdi, xonasiga kirsam divanda telefon o'ynab o'tiribdi buni qanday tushunish mumkin
Haqiqiy ishlaydigan dastur uchun tashakkur! Internetdan anchadan beri qidirib, nihoyat uni topdim! Faqat bitta talabim bor, mobil telefonda qo'ng'iroqlarni yozishni ham qo'shing. Qo'shimcha pul to'lash evaziga bo'lsa ham
Dastur uchun katta rahmat. Menimcha men dastur emas, ko'ngil hotirjamligini sotib oldim, va bu hazil emas! Barchaga tavsiya qilaman.
Dasturdan bir necha oydan beri foydalanyapman, e'tirozlar yo'q. Shuningdek texnik yordam ham juda tez ishlamoqda